Tanlov g‘oliblaridan ikki nafari farg‘onalik o‘quvchi bo‘ldi
2022-11-02 14:44:32 509
Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda “Tong yulduzi” gazetasi hamkorligida tashkillashtirilgan “Mustaqillik madhi — bolalar ijodida” respublika an’anaviy ijodiy ishlari tanlovi tashkillangandi.
Mazkur tanlovda farg‘onalik o‘quchilar ham faol qatnashdilar.
Uch yo‘nalishda o‘tqazilgan tanlovda to‘qiz nafar g‘olib aniqlandi.
Ulardan ikki nafari farg‘onalik o‘quvchilardir.
Tanlovda Farg‘ona shahridagi 18-maktab 5-sinf o‘quvchisi Farzona Xoshimova va Rishton tumanidagi 19-maktab 7-sinf o‘quvchisi Madina Rahimjonova g‘olib chiqdilar.
Bugun ularni taqdirlash uchun “Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri Feruza Odilova boshchiligida tahririyat ijodiy xodimlari viloyatimizda bo‘lishdi.
Faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning maktablariga borishib, ularga vazirlikning qimmatbaho sovg‘asi — planshet va faxriy yorliq topshirildi.
Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi