TOJIKISTONLIK АDАBIYoT VА MАDАNIYАT VАKILLАRI – RISНTONDА!

×

 2022-11-01 09:10:59    310

PDF yuklash
Chop etish


Kecha 31 oktyabr kuni qoʼshni Tojikistonning Soʼgʼd viloyatidan shoir va adiblar Rishton tumanida boʼlishdi. Mehmonlar oʼzbek-tojik doʼstlik jamiyati markazida katta tantana bilan kutib olindi. Tuman hokimi S.Soliev aziz mehmonlarni qutlab, ikki xalq madaniy aloqalari rivojlanib borayotganini izhor etdi.
- Qoʼshni Tojikiston bilan Oʼzbekistonni umumiy tarix, uzviy maʼnaviy qadriyatlar bogʼlab turadi. Biz - ikki qardosh xalq azaldan bir daryodan suv ichib, oʼzaro quda-anda boʼlib, et bilan tirnoqday yashaganmiz. Garchi ikki tilli boʼlsak-da, turish-turmushimiz, madaniyatimiz bir. Аzaliy qoʼshnilik va oʼzaro hurmat anʼanalari davlatlarimiz oʼrtasidagi munosabatlarda mustahkam asos boʼlib xizmat qilyapti. Oʼtgan qisqa davr ichida tojik - oʼzbek munosabatlarini mustahkamlash uchun juda kuchli turtki berildi. Ulkan oʼzgarishlar sodir boʼldi. Bu hamkorlik ikki qardosh mamlakat uchun juda foydali boʼlmoqda. Sizlarni tumanimizda kurib turganimizdan xursandmiz. Uylaymanki, bugungi kun sizlar uchun taassurotlarga boy boʼladi, dedi tuman hokimi oʼz nutqida. 
Oʼz navbatida tojikistonlik mehmonlar ham ikki qardosh halqning doʼstligi haqida gapirib oʼtishdi. 
Shundan keyin tojikiston delegatsiyasi vakillari usta kulol Ravshan Tojiddinov tomonidan tashkil etilgan “R+Koron” korxonasiga qarashli uy muzeyida boʼlishdi. Bu yerdagi bir-birini takrorlanmas sanʼat asarlari tojikistonlik shoir va adiblarni lol qoldirdi.
Mehmonlarning keyingi manzili “Xalqaro kulollar markazi” boʼldi. Tojikistonlik shoir va adiblar ushbu maskanda hunarmandlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan alohida eʼtirof etishdi. Kunning ikkinchi yarmida Madaniyat uyida Soʼgʼd va Rishton ijodkorlari oʼrtasida «Ganji suxan - Soʼz xazinasi» ilmiy-adabiy uchrashuvi boʼldi. Unda bedilshunos olim Nurali Nurov, shoira Gulnoz Tohiriyon, Tojikiston elchixonasi vakili Shahboz Shoevlar bilan rishtonlik shoir va yozuvchilar oʼrtasida mushoira boʼlib oʼtdi.


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab