Ichki yoʼllarda shagʼallash ishlari davom etmoqda

×

 2022-10-27 10:57:46    312

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida mavjud 71 ta mahalla fuqarolar yigʼinlarida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish, ularga qulayliklar yaratish borasidagi ishlar davom etmoqda.
Аyniqsa koʼp yillardan buyon qishda loy, yozda chang boʼlgan yoʼllarni shagʼallash, ravon, tekis yoʼllarga aylantirish boʼyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Mahalla fuqarolar yigʼinlari bilan hokimlik mutasaddilari har bir koʼchaning ahamiyatidan kelib chiqib, uning holatini oʼrganib chiqishmoqda.
Oʼrganish natijalarida tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, tuman yoʼlsozlari, homiy pudratchi korxonalar koʼmagida asfalьtlash, shagʼallashtirish va taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Bu kabi ishlar tumanning chekka hududlaridagi mahalla, koʼcha va yoʼllarga ham kirib bordi.Xususan, tuman shtabi ishchi guruxi aʼzolari Davlat xavfsizlik xizmati boshligʼi , Tuman hokimi oʼrinbosari N.Oripov, tuman Ichki ishlar boʼlimi boshligʼi X.Tashpoʼlatov, tuman Mahalla va nuroniylarni qoʼllab quvvatlash boʼlimi boshligʼi X.Xojixonov va boshqa masʼul tashkilotlar raxbarilari xamkorlikda tumandagi ichki yoʼllarini qum-shagʼal aralashmasi bilan shagʼallashtirish rejasiga asosan tumanidagi “Jalaer” MFYdagi 1000 metr, Oq-er MFY xududidagi 300 metr koʼchalarida qum-shagʼal aralashmasi bilan shagʼallashtirish ishlari tashkil etildi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab