BАYRАMINGIZ MUBORАK BOʼLSIN!
2022-10-25 08:30:40 286
✍️ Tinchlik – bebaho neʼmat. Uni saqlamoq, avaylamoq, kerak boʼlsa bu yoʼlda jon fido qilish shu zaminda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Taʼkidlash joizki, osuda hayotimiz, musaffo osmonimiz, aziz bolajonlarimizning quvnoq kulgisi, ota-onalarimizning farovon umr kechirishi yurtimizdagi barqarorlik – tinchlik tufaylidir.
???? Tinchlik-xotirjamlik doim eʼzozlanadigan, uning uchun tinmay shukrona aytiladigan aziz neʼmatdir. Yurtimiz tinch, hayotimiz bir maromda, xotirjam kechmoqda, kunlarimiz yorugʼ, tunlarimiz osuda. Har kuni erta tongda ketib, kechqurun ishdan qaytamizmi, bir necha kunlik uzoq safarlarda boʼlamizmi, oila aʼzolarimizdan koʼnglimiz xotirjam.
???? Oynai jahon orqali osmonini urushning qora buluti qoplagan, har kuni begunoh qonlar toʼkilib, insonning insonlik, fuqarolik haq-huquqi poymol qilinayotgan, uy-joyi vayron, ekini payhon, mol-mulki talon-taroj boʼlayotgan yurtlarni koʼrganimizda Vatanimizdagi dorilomon kunlarning qadrini yanada chuqurroq his qilamiz.
☸️ Аyni paytda bu osuda hayotning xavfsizligini himoya qilayotgan, kecha-kunduz xizmatda shay turgan tinchligimiz posbonlariga ham minnatdorchilik bildiramiz, rahmatlar aytamiz. Ularning xizmatlarini yuksak qadrlaymiz va har yili oktyabrь oyining 25 kunini – Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni sifatida butun yurtimizda keng nishonlaymiz.
✅ Аna shu kun munosabat bilan Ichki ishlar idoralarining barcha xodimlarini, Qorovul qoʼshinlarining harbiy xizmatchilarini, taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari, tinglovchi va kursantlarini, xizmat burchini bajarish chogʼida halok boʼlgan xodimlarning oila aʼzolarini, ichki ishlar idoralari faxriylarini bu bayram bilan oʼzimiz va butun xalqimiz nomidan samimiy muborakbod etamiz.
✳️ Ushbu bayram tabrigi orqali oʼz oromi, tinchi, huzur-halovati, rohat-farogʼatidan, kerak boʼlsa jonidan kechib, Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini himoya qilayotgan ichki ishlar xodimlarining jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasidagi mashaqqatli xizmatini alohida eʼtirof etmoqchimiz.
Аbror Dehqonov,
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati rahbari.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi