Tumanimizda yana 873 ming tupdan ziyod koʼchat ekiladi

×

 2022-10-24 15:07:06    327

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida shu yilning kuz mavsumida 327,7 ming, kelgusi yil bahorida esa 546,1 ming, jami 873,8 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta koʼchatlari hamda qalamchalari ekiladi. Bu haqda tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʼjalik masalalari boʼyicha oʼrinbosari Nozimxoʼja Oripov maʼlum qildi.
Umumfoydalanuvdagi avtomobilь yoʼllari yoqalari, qishloq xoʼjaligi yerlari, fermer xoʼjaliklari ekin yer maydonlari chetlari, oʼrta-maxsus, xalq taʼlimi va maktabgacha taʼlim, sogʼliqni saqlash yoʼnalishidagi muassasalar, korxonalar va xizmat koʼrsatish subʼektlari, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi maydonlar va mahalla fuqarolar yigʼinlari hududlarida ekilishi belgilangan koʼchatlarni tanlashda ularning tabiiy iqlimga chidamliligi va uzoq umr koʼrishi inobatga olingan. 
Shuningdek, daraxt va buta koʼchatlari sugʼorish tarmoqlariga yaqin manzillarda ekilishi koʼzda tutilgan.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab