АUKTSIONGА QOʼYILGАN YER IJАRАGА BERILGАN EDI?

 2022-10-17 15:39:12    292

PDF yuklash
Chop etish


"Vodiy 24" sayti orqali "Fargʼona viloyati Rishton tumani "Mehnatobod" MFY hududidagi "16 yillik bogʼ" hokimiyat vakillari tomonidan " E-auktsion" yoʼli bilan boshqa shaxsga oʼtkazilmoqda" deb nomlangan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.Maqolada tilga olingan yer maydoni “Mehnatobod MMTP hududidagi Rishton agrosanoat kasb-hunar kolleji tasarrufidagi “Rishton fayz” oʼquv tajriba xoʼjaligi yer maydonlari boʼlib, fuqarolar undan bir yillik shartnoma asosida foydalanib kelishgan. Har yili shartnoma yangilangan. Rishton tumani hokimining 2019 yil 24-dekabr kungi 7010 sonli “Mehnatobod MMTP hududidagi Rishton agrosanoat kasb-hunar kolleji tasarrufidagi “Rishton fayz” oʼquv tajriba xoʼjaligi yer maydonlarini tuman hokimligi zaxira yer maydonlari hisobiga qaytarish toʼgʼrisida”gi Qaror bilan, “Rishton fayz” oʼquv tajriba xoʼjaligiga ajratilgan 143a, 145, 146, 147, 148, 149, 150, 151,153q-konturlaridagi jami 29,70 gektar shundan 22,01 gektar yekin yer maydoni, 4,59 gektar bogʼzor, 2,62 gektar ariq-zovur, 0,20 gektar yoʼl, 0,28 gektar boshqa yer maydonlari tuman hokimligi zaxira yer maydonlari hisobiga qaytarilgan. Tuman zaxirasiga qaytarilgan 143a, 148, 149, 150, 151, 153q-konturlaridagi jami 25,19 gektar, shundan 22,01 gektar ekin maydonlari, 2,50 gektar ariq-zovurlar, 0,2 gektar yoʼl, 0,45 gektar boshqa yer maydonlari, tuman hokimining 09.06.2020 yildagi 680 sonli qarori bilan paxta-gʼalla yoʼnalishida “Zafarli yurish” fermer xoʼjaligiga ajratib berilgan. Shundan soʼng 145, 146, 147 konturlardagi jami 4,71 gektar, shundan 4,59 gektar bogʼ maydoni, 0,12 gektar ariq zovurlari tuman hokimligi zaxira yer maydonlarida qolgan.Ushbu 145, 146, 147 konturlardagi jami 4,71 gektar yer maydoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi “Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 709-sonli qaroriga asosan “E-AUKSION” platformasida LOT 3090366-raqam bilan 04.10.2022-yil kuni tanlovga qoʼyilgan va Elektron onlayn-auksion tanlov natijalari boʼyicha FA90 tartib raqamli ishtirokchi fuqaro Ummataliev Umidjon Usmonali oʼgʼli Lot 3090366 boʼyicha auksion tanlovi gʼolibi deb topilgan. 
 Tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

232.pdf


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab