Qishloq ayollariga yuksak hurmat-ehtirom koʼrsatildi
2022-10-15 15:31:13 461
✍️ Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2007 yilda qishloq hududlarida istiqomat qilayotgan ayollarning muammolariga keng jamoatchilik eʼtiborini qaratish, ularning ahvoli, turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida maxsus rezolyusiya qabul qilinib, unga koʼra 15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni, deb belgilandi.
*️⃣Ushbu sana dunyoning koʼplab mamlakatlarida nishonlab kelinadi. Jumladan, mamlakatimizda ham bir necha yillardan buyon ushbu kun munosabati bilan qishloq ayollarini qoʼllab-quvvatlash, ularning muammolarini yengillashtirishga qaratilgan tadbirlar oʼtkaziladi. Joriy yilda ham ushbu kunni yanada keng nishonlash, qishloqlarda yashovchi xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan madaniy-maʼrifiy, targʼibot-tashviqot tadbirlari oʼtkazilmoqda. Bugun Hasanboy Boyyigitov rahbarlarigidagi "Qayragʼoch hosildor yerlari" fermer xoʼjaligida tashkil etilgan bayram tadbirida ham ayollarga yuksak hurmat-ehtirom koʼrsatildi.
✅Tadbirda tuman hokimi va sektor rahbarlari, qishloq xoʼjaligi sohasi vakillari qatnashib, har jabhada ilgʼor va tashabbuskor boʼlgan ayollarni bugungi sana bilan samimiy qutlashdi.
✅ Tadbirda soʼz olganlar, qishloq hududlarida yashab, turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan, farzandlar tarbiyasi bilan shugʼullanayotgan opa-singillarimizni qoʼllab-quvvatlash, ularning ogʼirini yengil qilishga koʼmaklashish, oʼz hayotlaridan rozi boʼlib yashashlarini taʼminlash doimiy va yeng muhim vazifalardan biri ekanini taʼkidladilar. Shuningdek, oilalar mustahkamligini taʼminlash, ayolning oiladagi oʼrni, oilada yuzaga kelishi mumkin boʼlgan muammolarga oqilalik bilan yechim topish, farzandlar tarbiyasini chiroyli tarzda yoʼlga qoʼyish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.
✍️ Tadbirda lobar ayollarga tuman hokimligi, АSM xodimlari kasaba uyushmasining esdalik sovgʼalari topshirildi. Bundan tashqari, Viloyat va tuman Kengashi deputatlari hamda Dehqon va fermer xoʼjaliklari uyushmasi tuman boʼlimi tomonidan ham fermer xoʼjaligi xodimlariga qimmatbaho sovgʼalar berildi. Respublika Maʼnaviyat va maʼnaviyat markazi tuman boʼlinmasi va tuman madaniyat boʼlimi xodimlari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi