Inson qadri uchun: Bepul tibbiy koʼrik oʼtkazildi

×

 2022-10-14 13:11:23    330

PDF yuklash
Chop etish


2022 yil 13-oktyabrь kuni VETERAN Jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi Rishton tumani boʼlinmasi aʼzolari va afgʼon urushi qatnashchilarining oila aʼzolari Rishton tumani Tibbiyot Birlashmasiga qarashli koʼp tarmoqli poliklinikasida tibbiy koʼrikdan oʼtkazilib, ularga zarur dori-darmonlar bepul berildi. 
Tibbiy koʼrik oldidan Rishton tuman tibbiyot birlashmasi koʼp tarmoqli poliklinika bosh hakimi D. Hikmatova, mutaxassis vrachlar G. Аzimova, R. Ergasheva, S. Аlimbabaeva, M. Аkbarov, I. Xojimatov, I. Oʼrinova, M. Kendaev va А. Yahyoxonovlar boʼlinma aʼzolariga salomatlik borasida zarur tushunchalar berib oʼtishdi. 
Suhbat chogʼida boʼlinma aʼzolari oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tibbiy koʼrik davomida boʼlinma kengashi aʼzolari va faollar tibbiyot xodimlariga oʼz minnatdorchiliklarini bildirdilar.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab