Toʼda oilaviy shifokorlik punktining ochilish marosimi oʼtkazildi
2022-10-13 16:37:39 293
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12-13-may kunlari Fargʼona viloyatiga tashrifi davomida va kengaytirilgan tarzda oʼtkazilgan majlisda berilgan topshiriqlar boʼyicha yigʼilish bayonida belgilangan topshiriqlari va Fargʼona viloyati hokimining 2022 yil 22 avgust kungi 343-11-0-Q/22-sonli “Аholiga koʼrsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmati faoliyatini yanada yaxshilash va aholiga yaqinlashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar” toʼgʼrisidagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda 5 ta oilaviy shifokorlik punkti ish boshladi.
Bugun ushbu oilaviy shifokorlik punktining tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.
Unda tuman hokimi oʼrinbosarlari sektor rahbarlari, sohaning masʼul xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Toʼda OShP “Toʼda” va “Toʼraobod” MFYlari hududida yashovchi 9000 nafardan ortiq aholiga xizmat koʼrsatadi. OShP binosi xomiylar tomonidan 200 mln soʼmdan ortiq mablagʼ hisobiga taʼmirlandi.
Bu yerda nafaqat kelib-ketuvchilar, balki faoliyat olib boradigan 20 nafardan ziyod tibbiyot xodimlarining samarali ish yuritishlari uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Mahalla ahliga ginekolog, oila shifokori va stomatolog kabi tor soha shifokorlari tomonidan malakali tibbiy xizmat koʼrsatilishi bilan bir qatorda laboratoriya xizmati, ijtimoiy dorixona hamda statsionar davolanish uchun 8 oʼrinli kunduzgi shifoxona ham tashkil etildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi