Bugungi sessiyada bir qator masalalar koʼrib chiqildi
2022-10-12 14:51:11 292
Bugun 12 oktyabrь kuni Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining navbatdagi 44- sessiyasi tuman hokimligining katta majlislar zalida boʼlib oʼtdi.Sessiyada ishida sektor rahbarlari, tuman hokimining tegishli oʼrinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishini tuman hokimi Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi S. Soliev olib bordi.
Bugungi sessiya muhokamasiga qoʼyidagi masalalar kiritildi:
✅ Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumanidagi Xalq qabulxonasi hamda tumandagi hududlarni kompleks ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlar tomonidan 2022 yilni 9 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq qabulxonasi mudiri S.Dodoboevning axboroti
✅ Hokim yordamchilari tomonidan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qiskartirish masalalari boʼyicha 2022 yilni sentyabrь oyida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi mudiri S.Dodoboevning axboroti
✅ “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4102-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida 2022 yil 9 oyi davomida tuman hokimi, tuman prokurori, tuman ichki ishlar boʼlimi boshligʼi, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshligʼi sektorlarida amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisoboti toʼgʼrisida.
✅ Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 18.04.22 yildagi ”Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi yuzasidan Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining hisobotlarini eshitib borish toʼgʼrisida”gi KQ-334-IV-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda tashabbusli byudjet jarayonida gʼolib deb topilgan loyihalarning amalga oshirilishi toʼgʼrisida tuman hokimi S.Solievning hisoboti
✅ 2022 yilni 3-choragi yakuni boʼyicha tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qoʼllash amaliyoti holati boʼyicha Rishton tumani Аdliya boʼlimi boshligʼi M.Qodiralievning axboroti
✅ Tuman hududida jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida 2022 yilni 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar toʼgʼrisida tuman IIB boshligʼi (oʼrinbosari) hisoboti. ✅ Tuman aholi bandligiga koʼmaklashish markazi direktorining tumanda yangi ish oʼrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati toʼgʼrisidagi Tuman aholi bandligiga koʼmaklashish markazi direktori J.Rahimovning hisoboti. ✅ Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyatini 21.09.22 yildagi 02-02-17/194 sonli topshirigʼiga asosan tumandagi “Saxovat va koʼmak”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʼarmalari mablagʼlarining shakllanishi va ishlatilishi yuzasidan 2022 yilni 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan:*️⃣ Viloyat mahalla jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasi hisobchisi D. Vohidov*️⃣ Tuman hokimi oʼrinbosari, oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi M.Bekmirzaeva*️⃣ Yoshlar ishlari agentligi tuman boʼlimi boshligʼi M. Аlijonovlar hisobotlari
✅ Fargʼona viloyati hokimining 10.05.22 yildagi 186-11-0-Q/22 sonli qarori bilan tuman zaxirasiga olingan tumandagi Tuda MMTP hududidagi “Feruz Ixtiyori” (2,00 ga) va “Hamkorsabzavot” (2,47 ga) fermer xoʼjaliklarini № 260 konturidagi jami 4,47 ga yer maydonini “E-IJRO AUKSION” orqali fermer xoʼjaligi tashkil qilish uchun ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish boʼyicha tayyorlangan loyihani tasdiqlash toʼgʼrisida
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbar va masʼullarning hisobotlari tinglanib, har bir masala boʼyicha muhokama oʼtkazildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi