Keksalarga hurmat – ulugʼ saodat

×

 2022-10-08 14:06:42    1161

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida keksalar doimo eʼzozda

✍️ Rishton tumanida “Keksalar haftaligi” doirasida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʼtkazilmoqda. Keksa avlod vakillariga alohida eʼzoz va eʼtibor koʼrsatilayotir. Nuroniylar tayanch togʼlarimiz, ustunlarimizdir. Ular maslahat bersa, uzoqni koʼzlaydi, duosi orqali el-yurt tinchligi, mehr-muhabbati, dasturxon qut-barakasi, yoshlar kamolotini niyat qiladi. Qaerda keksalar boʼlsa, ularga eʼtibor boʼlsa, shu joyda fayz bor, baraka bor. Shu bois ham mamlakatimizda ularni ijtimoiy himoya qilish, turmush sharoitini yaxshilash va mazmunli hayot kechirishlarini taʼminlashga muhim eʼtibor qaratilmoqda.
✅ Rishton tumanida “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʼrsatish xalqimizga xos ezgu fazilat” shiori ostidagi “Keksalar haftaligi” doirasida turli tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bugun tumanimizdagi "Madaniyat uyi"da keksalar va nuroniylar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirok etishdi. 
???? - Dunyoning boshqa xalqlariga qaraganda oʼzbekchilikda keksalarga alohida ehtirom koʼrsatiladi. Har bir ezgu ish, bunyodkorlik va obodonchilik tadbirlari, mahalladagi toʼyu-maʼrakalar ularning duosi, maslahati, koʼrsatmasi bilan boshlanadi, - deydi tuman hokimi. - Mamlakatimizda keksa avlod vakillarining hayot darajasini yaxshilash, salomatligini asrash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalasi davlat siyosati darajasiga koʼtarildi. Prezidentimiz tomonidan yoshi ulugʼ insonlarga qaratilayotgan eʼtibor, bu borada qabul qilinayotgan qator huquqiy-meʼyoriy hujjatlar endilikda qogʼozda emas, amalda aks etib, keksa avlod vakillarining jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan oʼrni va ishtirokini yanada mustahkamlamoqda. 
???? - Farzandlarimiz hayotdagi yoʼllarini topib, oʼzlaridan tinib-tinchib ketgan chogʼida ham ularni oʼylayveradigan mehribon xalqmiz. Zero, bolajonligimiz ham ota meros qadriyatlarimizdan. Аmmo keksalikning ham oʼz zavqi, oʼz gashti boʼlishi kerak ekan.Faxr bilan aytish mumkinki, biz har bir ishda kattalar maslagiga tayanadigan, kichik bir oilaviy ziyofatdan tortib, toʼylargacha davralarimiz toʼrini nuroniylarimizsiz tasavvur eta olmaydigan millat vakillarimiz. Shunday ekan, keksalarga boʼlgan cheksiz hurmatimiz, ular oldidagi bitmas-tuganmas burchimiz bizni ular duosini olishga, ularni rozi qilishga undayveradi. Buning yana bir hikmati shundaki, farzandlarimiz ham oʼz-oʼzidan bu anʼananing davomchilariga aylanib, keksalar duosining oltindan qimmat ekanini anglab borishadi. Shuning uchun ham elimiz, yurtimiz keksalar duosi bilan yashnayveradi, - deydi tuman Nuroniylar kengashi raisi T. Аbdurahmonov.
???? - Tumanimizda 22 mingga yaqin keksalarimiz umrguzaronlik qilayotgan boʼlib, xayrli ishlarda ular doimo faol, – deydi tuman mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi boshligʼi Xudoyorxon Xojixonov. – Mazkur haftalik doirasida mahallalarimizdagi nuroniy otaxon-onaxonlarimizga yana bir bor ehtirom koʼrsatishni maqsad qilganmiz. Keksalarni eʼzozlashdek xalqimizga xos qadriyat azaldan millatni jipslashtirish, odamlar orasida mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilgan. Shu bois ham bugun ular har tomonlama qoʼllab-quvvatlanib, eʼzozlanmoqda.
???? Tadbir davomida tuman madaniyat boʼlimi xodimlari tomonidan tashkil etilgan kontsert dasturi nuroniylarimiz koʼnglini togʼdek koʼtardi. 
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab