Marraga yetgan mardlardan munosib ragʼbat

×

 2022-10-05 14:28:45    376

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida paxta yigʼim-terimi kun sayin jadal tus olmoqda. Mahalliy hokimlik va klaster korxonasi rahbariyati tomonidan mavsumga yuqori saviyada tadorik koʼrilgani, terimchilar uchun dalada barcha maishiy shart-sharoitlarning yaratib berilgani ish unumining oshishida asosiy omil boʼlayotir.
Eʼtiborlisi, tumanda paxta xomashyosi tayyorlash shartnomaviy rejasini bajargan fermerlar safi ortib bormoqda. Bugun M. Topvoldiev MMTP hududidagi "Oltin Vodiy" nomli fermer xoʼjaligi marrani zabt etib, oʼz ishchi xodimlari va terimchilar uchun bayram dasturxonini yozdi. 
Marraga yetgan mard fermer xoʼjaligi rahbari oʼz ishchi xodimlarini munosib ragʼbatlantirdi.Ishchi xodimlariga kir yuvish mashinasi va suv isitgich moslamasi (Аriston) sovgʼa qilindi. Bundan tashqari, fermer xoʼjaligining har bir aʼzosiga 2 ming donadan pishgan gʼisht, 1 tonnadan sement ham tarqatildi. Ushbu fermer xoʼjaligi rahbari Аhror Matvalievning himmati barcha uchun namuna boʼlishiga ishonamiz.
- "Oltin vodiy" fermer xoʼjaligi bu yil 33,2 gektar yerga paxta ekib, birinchi terimning oʼzidayoq 130 tonnadan ortiq paxta topshirdi va rejani ortigʼi bilan bajarishga muvaffaq boʼldi, - deydi "M. Topvoldiev" MMTP raisi А. Niyozov. - Hali dalada hosil moʼl. Fermerlarimiz joriy yilda paxtadan moʼmaygina daromad topishni rejalashtirishmoqda. 
Endi tumanimizdagi fermer xoʼjaliklarida har kuni kuy-qoʼshiq sadolari yangraydi: rejani bajargan fermer borki, "Toʼylar muborak"ka raqs tushadi.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab