Keksalari eʼzozlangan yurt!

×

 2022-10-05 13:24:24    243

PDF yuklash
Chop etish


Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʼrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora tadbirlari toʼgʼrisida” gi qaroriga muvofiq 2019 yildan boshlab har yili oktyabrь oyining birinchi haftasi yurtimizda “Keksalar haftaligi” etib belgilangan.
✅ Joriy yilning 3-9 oktyabr kunlari “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʼrsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” gʼoyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” oʼtkazilishi rejalashtirilgan. 
Mazkur haftalik doirasida tumanimiz boʼylab, turli maʼnaviy – maʼrifiy tadbirlar, keksa avlod vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. 
Xususan, «Qoshqayron» mahallasida yashovchi bir guruh nuroniylar uchun “Keksalar haftaligi” doirasida Samarqand, Buxoro, Toshkent, Guliston, Jizzax shaharlariga sayohat tashkil etildi. 
Sayohat davomida ishtirokchilarga bu hududlarda joylashgan muzeylar va ziyoratgohlar haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.
 Chinakam bayram ruhida oʼtgan mazkur sayohat tadbiri nuroniylarda katta taassurot qoldirdi.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab