Rishton dalalarida paxta yigʼim-terimi qizgʼin pallaga kirgan
2022-10-03 16:45:23 351
Kuz havosi. Ilgarigi issiqlar tafti pasaygan. Soʼnggi kunlarda osmonga tez-tez bulut chiqayapti. Endi hammamiz hushyor turishimiz yigʼim-terim surʼatini yana ham oshirishimiz kerak.
Negaki, mavsum endigina boshlanib, katta mashaqqatlar bilan yetishtirilgan hosilimiz dalada yotibdi.Bugun paxtazorlar oppoq tus olgan. Loʼppi-loʼppi ochilgan paxtalar koʼzni quvontiradi. Bu hosilni yetishtirish, uchun ozmuncha zahmat chekildimi? Lekin qiyinchiliklar ortda qoldi. Tadbirkor fermerlar fidokorona mehnat qilib, barakali xirmon tiklashga zamin yaratishdi. Endigi asosiy vazifa milliy boyligimiz boʼlgan paxtani nest-nobud qilmay, yigʼishtirib olishdan iborat.
Bugun fidoyi fermerlarni nafaqat tumanimizda, balki viloyatimizda xam koʼpchilik taniydi. Ular sidqidildan mehnat qilishib, el hurmatiga sazovor boʼlishayapti. Ezgu niyatlar bilan boshlangan ishlar xayrli kechadi. Tuman paxtakorlari ham koʼngillariga yaxshi niyatlarni tugib, yigʼim-terimga birinchilardan boʼlib kirishdilar.
-Dehqonlarimizning kayfiyatlari baland, - deydi tuman hokimi. – Terim surʼati kun sayin koʼtarilmoqda. Tuman mahalalaridan yordamga chiqqan koʼngilli terimchilar har yilgidek bu yil ham hosilni yigʼishtirib olishda yaqindan koʼmaklashishmoqda.El yurtimizni obod boʼlishi, turmushimiz farovonligi avvalo yaratganning inoyati bilan bizning hamjihatligimiz bilandir.
Tuman hokimi hududlardagi paxta dalalarida boʼlib, hududdagi masʼul rahbarlarga, fermer xoʼjaligi rahbarlariga, bu yilgi paxta hosilini nes nobud qilmay terib olib mamlakatimizning ulkan xirmoniga hissa qoʼshmogʼimiz, bizning insoniy burchimizligini, paxtamizdan daromad kelsa yurtimiz obod turmushimiz goʼzal boʼlishini, birorta chanoqni ham uvol qilmasdan hozirgi gʼanimat kunlarda paxtakorlarga yordam berishimiz, elim deb, yurtim deb yonib yashayotgan fuqorolarimizni gʼayratiga gʼayrat qoʼshib yelkadosh boʼlib, xirmonlarga baraka tilashlarini tushuntirib oʼtdi.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi