Ilgʼor terimchilar aniqlandi

×

 2022-10-03 16:42:10    438

PDF yuklash
Chop etish


Аyni kunlarda yurtimiz dalalarida paxta yigʼim-terim mavsumi avj pallaga kirib bormoqda. Ming mashaqqat bilan yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay yigʼib olish maqsadida terimchilar, koʼngilli hasharchilar astoydil bel bogʼlab mehnat qilishmoqda.
Rishton tumanida ham paxtakorlar paxta hosilini yigʼib olish ishlarini jadal surʼatda olib borishmoqda.
 Bugun tumanimizdagi «Yoqut yogʼdusi» nomli fermer xoʼjaligida 15-oktyabrь—"Xalqaro qishloq ayollari kuni"munosabati bilan «Eng ilgʼor paxtakor» tanlovining viloyat bosqichi oʼtkazildi. 
Unda 14 ta tumandan kelgan ilgʼor terimchilar gʼoliblik uchun kurash olib borishdi. 
Musobaqa yakuniga koʼra, birinchi oʼrin Rishton tumani vakiliga, ikkinchi oʼrin Yozyovon tumani vakiliga, uchinchi oʼrin Bagʼdod tumani vakiliga nasib etdi. 
Mazkur tadbirda qatnashgan tuman sektor rahbarlari terim jarayonida ishtirok etishdi.
 Shundan soʼng, faol terimchilarga esdalik sovgʼalari topshirildi.
 Xusasan, birinchi oʼrin sohibiga muzlatgich, ikkinchi oʼrin sohibiga gaz plitasi, uchinchi oʼrin sohibiga televizor sovgʼa qilindi.

????Rishton tumani hokimligi axborot xizmati


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab