NАVBАTDАGI FUQАROLАR QАBULI OʼTKАZILDI
2022-09-30 13:44:16 329
*️⃣ Bugun tuman hokimining tuman aholisi bilan navbatdagi fuqarolar qabuli oʼtkazildi. Unda hokim oʼrinbosarlari, idora-tashkilot rahbarlari va fuqarolar ishtirok etdilar.
✍️ Qabul davomida 17 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi va shu kunning oʼzida 6 ta murojaat oʼz yechimini topdi.
✍️ Qabulda kredit ajratish, elektr energiyasi, gaz taʼminoti, yoʼl taʼmiri, "Аyollar" va "Yoshlar" daftariga kiritish, moddiy yordam tayinlash singari masalalar boʼyicha qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi.
✅ Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi