Oʼzbekiston xalq yozuvchisi Rishtonlik Isajon Sulton turk dunyosi adabiyot mukofotiga sazovor boʼldi

×

 2022-09-30 06:04:49    384

PDF yuklash
Chop etish


Oʼzbek adabiyoti va ijodkorlari bugun dunyoga oʼz soʼzini aytmoqda. 
Turkiyaning Bursa shahrida Turkiy tilli davlatlar tashkiloti, Turkiya madaniyat va sport vazirligi, Otaturk nomidagi madaniyat, til va tarix yuksak qurumi hamda Turk til qurumi hamkorligida «Tilda, fikrda, ishda birlik: turk dunyosi adabiyot (roman) mukofoti» topshirilishiga bagʼishlangan tantanali xalqaro marosim boʼlib oʼtdi.
Tadbirda Oʼzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Turkmaniston, Shimoliy Kipr kabi davlatlardan taklif qilingan adib va olimlar qatori, bir qancha rasmiy kishilar, turkiy tilli davlatlarning elchilari ishtirok etdi. 
Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdoʼgʼanning tadbir ishtirokchilariga yoʼllagan maktubi oʼqib eshittirildi. Har bir davlatdan bir yozuvchiga 2022 yil Turk dunyosi adabiyot mukofoti topshirildi. Ushbu yuksak mukofotga yurtimizdan Oʼzbekiston xalq yezuvchisi Isajon Sulton loyiq koʼrildi. Fursatdan foydalanib, sevimli adibimizni ushbu nufuzli mukofot bilan muborakbod etamiz.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab