Taʼzim sizga, aziz ustozlar!

×

 2022-09-29 16:09:29    324

PDF yuklash
Chop etish


Shu kunlarda yurtimiz boʼylab 1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan Rishton tumanidagi “Fayz” tantanalar saroyida bayram tadbiri boʼlib oʼtdi.
Ustoz va murabbiylarni chin maʼnoda millatimiz meʼmorlari, desak mubolagʼa boʼlmaydi. Chunki, insoniyatning hayot yoʼlini ilm nuri bilan yoritishda soha vakillarining xizmatlari beqiyos. 
Tadbirda uzoq yillar yosh avlodga ilm va maʼrifat ulashib samarali mehnat qilib bugun xalqimiz ardogʼida boʼlgan ustozlar, taʼlim sohasi fidoiylari, tuman faollari va jamoatchilik vakillari jamul-jam boʼlishdi.
Bayram tadbirida tuman hokimi S. Soliev, tuman prokurori R. Madaliev, tuman Nuroniylar kengashi raisi T. Аbdurahmonovlar soʼzga chiqib, taʼlim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog xodimlarni Oʼqituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklab, eng ezgu tilaklarini izhor qilishdi. 
- Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Oʼqituvchilar esa hayotimiz charogʼbonlaridir. Kim boʼlmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga muallimlar taʼlim va tarbiya berishgan. Hayot bor ekan, oʼqituvchilik kasbi oʼzining maʼno-mazmuni va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yoʼqotmaydi, deya soha xodimlariga yuksak baho berdi tuman hokimi.
- Oʼqituvchi – fidoyi, kamtarin, maʼnan boy, ahloqan pok insondir. Ularni qancha eʼzozlasak, hurmatlarini ado etsak arziydi. Chunki, ustozlar butun kuchlarini, aql-idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb qoʼrini shogirdlariga, demakki, millatning ertasi, taraqqiyotiga baxshida etadilar, dedi tuman prokurori oʼz tabrik soʼzida.
- Oʼqituvchilik sharafli va masʼuliyatli vazifa boʼlib, juda katta mehnat va fidoiylikni talab etadi. Sababi, bizning oldimizda farzandlarimiz kelajagi turibdi. Bayram tadbirida ishtirok etar ekanman, oʼqituvchi va murabbiylarga berilayotgan eʼtibordan juda xursand boʼldim. Muhtaram Prezidentimizning eʼtiborlari tufayli endi oʼqituvchi va murabbiylar faqat yosh avlodni tarbiyalash, ularga puxta bilim berish bilan mashgʼul boʼlishmoqda, dedi tuman Nuroniylar kengashi raisi T. Аbdurahmonov. 
Tadbirda taʼlim-tarbiya jarayoniga salmoqli hissa qoʼshgan bir guruh oʼqituvchi va murabbiylarga tuman hokimining Faxriy yorliq va estalik sovgʼalari topshirildi.
Bir piyola choy ustida davom etgan bayram tadbirida umumiy oʼrta taʼlim maktabi madaniyat va musiqa fani oʼqituvchilari hamda taniqli xonandalar Valijon Qodirov va Diyoraxon Muxotorovalar tomonidan taqdim etilgan kontsert dasturi ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab