Navbatdagi sessiyada beshta masala koʼrib chiqildi
2022-09-24 15:02:31 304
Bugun 24- sentyabrь kuni Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining navbatdagi 43- sessiyasi tuman hokimligining katta majlislar zalida boʼlib oʼtdi.Sessiyada ishida sektor rahbarlari, tuman hokimining tegishli oʼrinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishini tuman hokimi Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi S. Soliev olib bordi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan:
????Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha hokim yordamchilarinrng 2022 yil iyulь, avgustь oylaridagi faoliyati samaradorligi yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tuman Xalq qabulxonasi mudiri S.Dodoboevning Аxboroti.
????Xalq deputatlari tuman Kengashini 41-sessiyasida qabul qilingan VI-41-73-11-158-K/22, VI-41-75-11-158-K/22 -sonli qarorlar ijrosi yuzasidan tumandagi “Minor”, “Qalaynav”, “Dasht Pandigon” va “Miskin” MFY lardagi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha hokim yordamchilarining 8 oylik ish faoliyati boʼyicha hisobotlari
???? Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida joriy yilning 5 may kuni oʼtakazilgan vidioselektor yigʼilishida berilgan topshiriq ijrosi yuzasidan Rishton tuman tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmatlarini takomillashtirish boʼyicha joriy yilni 1 sentyabrь kuniga qadar amalga oshirilgan ishlar va yil oxirigacha rejalashtirilgan ishlar yuzasidan tuman TB rahbari v.b. I.Eshmatovning (taqdimoti) hisoboti
????Kam taʼminlangan, ijtimoiy ahvoli ogʼir bulgan fuqarolarni (oilalarni) “Temir daftar” roʼyxatiga kiritish va muammolari hal boʼlgan fuqarolar (oilalar)ni roʼyxatdan chiqarish xamda “Mahalla” xayriya jamoat fondini tumandagi “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasiga tushgan mablagʼlarni tasarruf etish toʼgʼrisida tuman hokimining birinchi oʼrinbosari А.Mustafaqulovning Аxboroti.
???? Tuman byudjeti mablagʼlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirish, byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida 2022-yilda tasdiqlagan mahalliy byudjetining mablagʼlari hamda qoʼshimcha manbalarni hisobidan “Fuqarolar tashabbusli byudjeti” jarayonining 2-mavsumi boʼyicha gʼolib takliflarni aniqlash va moliyalashtirilishi tshyarisida moliya boʼlimi mudiri I. Joʼraevning axborotlari tinglandi.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbar va masʼullarning hisobotlari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi