KOʼRIK-TАNLOV OʼTKАZILDI

×

 2022-09-19 18:10:11    41

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani maktabgacha taʼlim boʼlimi tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari oʼrtasida «Yilning yeng yaxshi tarbiyachisi-2022» kasbiy koʼrik-tanlovi boʼlib oʼtdi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yuqori malakali tarbiyachilarni aniqlash va ragʼbatlantirish, ularni pedogogik mahorati va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijodkorlik muhitini yaratish maqsadida tashkil etilgan ushbu koʼrik-tanlov beshta nominitsiya boʼyicha oʼtkazildi. Tanlov natijasiga koʼra, “Eng yaxshi metodist tarbiyachi” 36-DMTT tarbiyachisi Margʼuba Mamataipova, “Eng yaxshi kreativ tarbiyachi” 19-DMTT tarbiyachisi Maʼmura Sodiqova, «Innovatsion va axborot texnologiyalarni qoʼllaydigan eng yaxshi tarbiyachi» 1-DMTT tarbiyachisi Madina Nazirova, «Eng yaxshi loyiha muallifi» 30-DMTT tarbiyachisi Surayyo Muhammedova, «Mohir qoʼllar ustasi» 26-DMTT tarbiyachisi Gulhayo Mamajonova 1-oʼrinni egalladilar. Gʼoliblar tuman MTBning esdidik sovgʼalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.


<< Oktyabr 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab