VELOMАRАFON OʼTKАZILDI

×

 2022-09-17 06:20:48    321

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, aholi, ayniqsa, uyushmagan yoshlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida tuman hokimligi, tuman sportni rivojlantirish boʼlimi, va tuman IIB boʼlimi tashabbusi bilan "Sohibi Hidoya" ziyoratgohi yoʼli boʼylab 3 kilometr masofali yoʼlda tashkil etilgan "Velomarafon"da uyushmagan yoshlar vakillari sport murabbiylari ishtirok etishdi. 


Tadbirda soʼz olganlar tomonidan mamlakatimizda, xususan, Rishton tumanida sportning ommaviyligini oshirish, yoshlarni sportga jalb etish, sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida keng koʼlamli ishlar olib borilayotganligi taʼkidlandi. 


– Davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan qarori ijrosi doirasida joriy yilda yoshlar oʼrtasida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka, yengil atletika turlari boʼyicha musobaqalar doimiy ravishda oʼtkazilib kelinmoqda, – deydi tuman sportni rivojlantirish boʼlimi rahbari Husanboy Аbduqodirov.

Tadbirda qatnashgan yoshlar bundan buyon oʼzlari yashayotgan mahallalarda tengdoshlarini sportga jalb etish, sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishga yaqindan yordam beradi. Tadbir doirasida yugurish musobaqasi, ommaviy gimnastika mashgʼulotlari oʼtkazilganligi yoshlarga yanada koʼtarinki kayfiyat va shijoat bagʼishladi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab