RIShTON TUMАNIDА BАRPO ETILАYОTGАN KULOLChILIK MАRKАZI, MEHMONXONА VА MАIShIY XIZMАT KOʼRSАTISh MАJMUАSI QURILISh IShLАRI YАKUNLАNMOQDА

×

 2022-09-17 05:49:05    413

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, kichik sanoat zonalaridagi investitsiya loyihalarining ijrosi bilan tanishish maqsadida viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga bugun Rishton tumanida boʼldi.
Viloyat rahbari oʼrganishlar jarayonida tadbirkor Islomjon Orifjonov rahbarligidagi “Chinor plyus-2020” korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan Kulolchilik markazi, mehmonxona va maishiy xizmat koʼrsatish loyihasi qurilishini koʼzdan kechirdi.
Oqer MFY hududida joylashgan, qurilish-pardozlash ishlari deyarli yakunlanayotgan ushbu majmuaning loyiha qiymati 35 milliard soʼmni tashkil etib, shundan 12 milliard soʼm tadbirkorning oʼz mablagʼi hisobiga toʼgʼri keladi. Kelgusi oylarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan turistik majmuada mehmonxona, sauna, yozgi va qishki basseyn va boshqa xizmat koʼrsatish shaxobchalari joylashgan boʼlib, Rishton turistik salohiyatining yanada rivojlanishiga oʼz hissasini qoʼshadi. Ushbu majmuaga yondosh hududda barpo etilayotgan Kulolchilik markazida ham qurilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Viloyat hokimi majmuaga gaz, elektr va suv tarmoqlarini tortish va ulab berish ishlarini yakunlash boʼyicha “Fargʼona HETK”, “Hududgaz Fargʼona” va “Fargʼona suv taʼminoti” rahbarlariga aniq muddatli vazifalar yukladi.


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab