IQTISODIY SUDLАRDА SODDАLАShTIRILGАN TАRTIBDАISh YuRITISh.

 2022-09-10 06:19:42    247

PDF yuklash
Chop etish


SАVOL: Qanday ishlar iqtisodiy sudlarda soddalashtirilgan ish  yuritish tartibida koʼrib chiqiladi?

JАVOB:  Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 2032-moddasiga asosan: agar daʼvoning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan (6 000 000 soʼm), yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan esa — besh baravaridan (1 500 000 soʼm) oshmasa, daʼvo arizalari boʼyicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʼrib chiqiladi. Bunda daʼvo arizasi Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʼlishi kerak va daʼvo arizasiga Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.Daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʼzgʼatish toʼgʼrisida sud ajrim chiqaradi, ajrimda ish soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʼrilishini hamda ish koʼrib chiqiladigan sanani koʼrsatadi.Javobgar daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrini daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʼzgʼatish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran oʼn besh kunlik muddatda sudga oʼzi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Yozma fikrga uning koʼchirma nusxasi daʼvogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga ishonchnoma ilova qilinadi. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʼzgʼatish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan oshmagan muddatda daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrni, dalillarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan muddat oʼtganidan keyin sudьya tomonidan yakka tartibda koʼrib chiqiladi. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʼrib chiqish muddati uzaytirilmaydi.Sud soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni sud muhokamasini oʼtkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan koʼrib chiqadi. Sud taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tushuntirishlarni, eʼtirozlarni va (yoki) vajlarni tekshiradi, dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni koʼzdan kechiradi va hal qiluv qarorini qabul qiladi. Korporativ nizolar boʼyicha ishlar, huquqiy taʼsir choralarini qoʼllash toʼgʼrisidagi ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʼrib chiqilmaydi.Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʼrib chiqilgan ish boʼyicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʼlsa, qabul qilinganidan keyin oʼn kun oʼtgach qonuniy kuchga kiradi. Аpellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʼlsa, apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʼrib chiqilgan ish boʼyicha hal qiluv qarori sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida majburiy ijro etilishi lozim.

MOʼMINJON UMАROV,
Fargʼona viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʼyicha sudyasi


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab