“Soliqchi - koʼmakchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Rishton tuman davlat soliq inspektsiyasi boshligʼi Rahimov Dilshodjon Toxirjonovichning HISOBOTI

 2022-09-09 15:36:07    319

PDF yuklash
Chop etish


Tadbirkorlik subʼektlarining soliq yukini kamaytirish va biznes yuritishni soddalashtirish maqsadida Prezidentimizning 2022 yil 28 iyundagi PF-162-son farmoni bilan soliq maʼmuriyatchiligiga qator oʼzgartirishlar kiritildi. Xususan, 2022 yil 1 iyuldan foydalanilmayotgan koʼchmas mulk obʼektlariga taʼsirchan soliq mexanizmini qoʼllash bekor qilindi. Shuningdek, QQS maʼmuriyatchiligi soddalashtirib, majburiy ravishda QQS toʼlovchisi sifatida eʼtirof etiladigan tadbirkorlik subʼektlariga QQS guvohnomasi soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan avtomatik ravishda berilish amaliyoti yoʼlga qoʼyilmoqda.
Bundan tashqari, yuqoridagi farmon bilan 2023 yil 1 martga qadar hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni notoʼgʼri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qoʼllanilmasligi belgilab qoʼyildi.
Аlbatta, bu kabi oʼzgarishlar tadbirkorlar qoʼshimcha imkoniyatlar yaratadi. Shu oʼrinda tadbirkorlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashmaqsadida “Soliqchi-koʼmakchi” tamoyili asosida Rishton tuman DSIxodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga toʼxtalib oʼtmoqchiman.
Аyni paytda muntazam ravishda tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar oʼrganilib ijobiy hal etish choralari koʼrilmoqda.
 Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim boʼlgan qator yoʼnalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar koʼrsatilmoqda.
Xususan, 2022 yil yanvarь-avgust oylarida Rishton tuman DSItomonidan 1327 ta tadbirkorlik subʼektlarini qiynayotgan muammolari oʼrganildi.
 Mazkur jarayon davomida koʼmaklashish zarur boʼligan 1298 ta tadbirkorlik subʼektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qoʼllash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS toʼlovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar koʼrsatildi.Biz, soliq idoralari xodimlari tadbirkorga maslahatchi, koʼmakchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz. 
Tadbirkorlar oʼzlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan 91-286-88-86 (Tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash shoʼʼbasi) raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab