Rossiyalik oʼqituvchi tumanimizda!

×

 2022-09-08 17:20:23    392

PDF yuklash
Chop etish


Xalq taʼlimi vazirligi xamda Rossiya maorif vazirligi bilan xamkorlikda amalga oshirilayotgan "2020-2030 yillarda Oʼzbekiston Respublikasi maktablarida rus tili fanini va umumtaʼlim fanlarini rus tilida oʼqitishning sifatini oshirish" ga qaratilgan ZO'R KLASS loyihasi doirasida Rossiya davlatining mutaxassis oʼqituvchisi Аysulu Gayfulina Rishton tumanidagi 1-umumiy oʼrta taʼlim maktabiga tashrif buyurdi.
Mutaxassis ish faoliyatini maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishish oʼqituvchilar va oʼquvchilar bilan muloqot qilishdan boshladi. 
Maktabda rus tili fani oʼqitilishini sifatli tashkil etish va rus tilini oʼrganishda jahon standartlari darajasida dars soatlarini oʼtishdagi yangi metodlar bilan yaqindan tanishtirish yuzasidan oʼqituvchilarga metodik yordam koʼrsatish boʼyicha kelishib olindi. 
Ikki davlat oʼrtasidagi taʼlimni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan loyihalar Oʼzbekiston taʼlimining yanada rivojlanishiga oʼz hissasini qoʼshadi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab