XIRMONGА BАRАKА

×

 2022-09-06 06:08:29    235

PDF yuklash
Chop etish


*️⃣Rishton tumanidagi "Rusoʼzbekteks" paxtachilik klasteri qoshidagi paxta tozalash zavodida bu yilgi paxta hosilining yigʼim-terim mavsumi boshlanganidan darak beruvchi shukronalik tadbiri boʼlib oʼtdi. 
*️⃣Аvvalo, fermer xoʼjaligi aʼzolari, MMTPdagi agronom, mexanizator va suvchilar, usta dehqonlar, nuroniylar toʼplanishdi. Fermer xoʼjaligi tomonidan qoʼy soʼyib, ziyofat uyushtirildi. 
*️⃣Oqsaqollar va dehqonlar birgalikda Qurʼon tilovat qilib, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik uchun, moʼl-koʼlchilik va baraka uchun Yaratganga shukrona aytildi. 
*️⃣Tuman hokimi va sektor rahbarlari tadbirda ishtirok etishib, boshlanayotgan paxta yigʼim-terim mavsumiga baraka, dala mehnatkashlariga salomatlik va kuch-quvvat tilashdi. 
*️⃣Jahon bozorida Oʼzbek paxtasiga talab kuchaygani, xarid narxlarining ortganligi, oʼz navbatida fermerlarning manfaatdorligi ortishi, terimda qatnashayotgan aholi daromadlarining yuqori boʼlishi haqida gapirib oʼtishdi.
*️⃣Etishtirilgan paxta xosilini tez va sifatli terib olinishi uchun amalga oshirilgan tashkiliy jarayon, terim otryadlarining afzalliklari toʼgʼrisida maʼlumot berildi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab