Sektor rahbarlari yana bitta maktabdagi tadbirda ishtirok etishdi
2022-09-05 17:51:19 351
15-umumiy oʼrta taʼlim maktabida ham “Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida “Birinchi qoʼngʼiroq” tadbirlari keng miqyosda nishonlandi.
Katta quvonchlar bilan kutib olingan tadbirda tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etib, barchani yangi oʼquv yili bilan tabriklashdi.
Joriy yilda kapital taʼmirlangan ushbu maskanda ushbu oʼquv yilida 891 nafar oʼquvchilar taʼlim olishadi. Ularning 111 nafari 1-sinf oʼquvchilari, 39 nafari esa bitiruvchilar.
Tadbir davomida maktabga ilk bor qadam qoʼygan jajji oʼgʼil-qizlarga Prezident sovgʼalari topshirildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi