MАKTАBLАRDА BIRINCНI QOʼNGʼIROQ CНАLINDI. TUMАN HOKIMI ENG CНEKKА MАKTАBDАGI TАDBIRDА QАTNАSНDI

×

 2022-09-05 17:46:13    377

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tumanimizda 67 ta maktab va 2 ta kasb-hunar maktablarining barchasida 2022/2023 oʼquv yilining ilk qoʼngʼirogʼi chalindi.Katta quvonchlar bilan kutib oʼlingan bu kunda barcha maktablarda tadbirlar oʼtkazildi. 
Tuman hokimi S.Soliev va tuman IIB boshligʼi X. Tashpoʼlatov tumandagi eng chekka maktab Yoyilma mahallasidagi 25-umumiy oʼrta taʼlim maktabidagi tadbirlarda ishtirok etib, barchani yangi oʼquv yili bilan tabrikladi.
Joriy yilda kapital taʼmirlangan ushbu maskanda ushbu oʼquv yilida 400 nafar oʼquvchilar taʼlim olishadi. Ularning 37 nafari 1-sinf oʼquvchilari, 30 nafari esa bitiruvchilar.Tadbir davomida maktabga ilk bor qadam qoʼygan jajji oʼgʼil-qizlarga Prezident sovgʼalari topshirildi.
Tadbir soʼngida birinchi qoʼngʼiroqlarning jarangi eshitilgan, barcha sinf oʼquvchilari dars xonalarida darsga tayyor boʼldilar. Shu maktabning oʼquvchilarining birinchi darsini tuman hokimi oʼtib berdi. Darsda Vatanni nega sevish kerak? yoki biz Vatanni qanday amallarimiz bilan sevamiz? talqinidagi savollar bilan boshladi.
 Oʼquvchilar bilan mustaqillik oʼzbek xalqiga began barcha oʼzligi toʼgʼrisida fikr yuritdilar. Dars soʼngida, tuman hokimi har bir oʼquvchining kelajakda kim boʼlishlarini tinglab, oʼzining hayotiy yoʼl-yoʼriqlarini baham koʼrdi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab