TАBRIKNOMА
2022-08-31 23:29:29 359
Аssalomu alaykum aziz doʼstlar, qadrli tumandoshlar!
Аvvalambor, mamlakatimizning eng ulugʼ, eng aziz bayrami – Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi bilan Sizlarni, sizlar orqali oila aʼzolaringizni va barcha tumandoshlarimizni samimiy muborakbod etaman!
Zero, bu ayyom xalqimizning hur va ozod yashashi, baxtli hayoti, farovon turmushiga asos boʼluvchi eng muhim sana sifatida tariximiz zarvaraqlariga bitilgan. Oʼtgan qisqa davrda jonajon Oʼzbekistonimiz mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli istiqlol yoʼlini bosib oʼtdi.Ming shukrona bilan aytishimiz mumkinki, bugun ajdodlarimizning ezgu niyatlari, orzulari ijobat boʼldi. Аyni kunlarda ushbu qutlugʼ shodiyonani butun respublikamiz ahli qatori rishtonliklar ham koʼtarinki ruh bilan qarshi olmoqdalar.“Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida bayram oldidan ziyoratgoh va qabristonlarda, koʼcha va xiyobonlarda hasharlar uyushtirilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.Oʼtgan 31 yil ichida yurtimizda erishilgan yutuqlar va qoʼlga kiritilgan muvaffaqiyatlarni sarhisob etadigan boʼlsak, tumanimizda ham ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-maʼrifiy, taʼlim, tibbiyot, sport, maktabgacha taʼlim va qurilish sohalarida mislsiz oʼzgarishlarning guvohi boʼlib turibmiz. Jumladan, tumanimiz hududlarini zamonaviy qiyofaga keltirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash, munosib uy-joylar va zarur infratuzilma bilan taʼminlash asnosida bunyodkorlik ishlari jadal surʼatlarda davom ettirilmoqda.Yana bir bor tumanimiz ahlini Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Jonajon Oʼzbekistonimiz omon boʼlsin!
Sufhonjon SOLIEV, Rishton tumani hokimi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi