Bayram arafasida mehnat faxriylariga bayram sovgʼalari topshirildi

×

 2022-08-31 08:53:39    248

PDF yuklash
Chop etish


✳️"Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz” deya atalmish bosh gʼoya ostida nishonlanayotgan mustaqilligimizning 31 yillik bayrami arafasida tumanimizdagi mehnat faxriylari holidan xabar olinib, bayram tabrigi va tuhfalari yetkazildi. 

✳️Tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan ezgu tadbir doirasida uzoq yillar davomida tumanimizning turli sohalarida samarali mehnat qilib, bugun oila davrasida keksalik gashtini soʼrayotgan nuroniylar, kayvoni onaxonlar yoʼqlandi. 

✳️Tuman hokimi, sektor rahbarlari, hokim oʼrinbosarlari hamda mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi vakillari faxriy keksalarimiz xonadonlarida boʼlib, ularga Fargʼona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamda tuman hokimining eng ulugʼ, eng aziz bayram munosabati bilan yoʼllangan bayram tabriklari, esdalik sovgʼalari va oziq-ovqat mahsulotlarini manzilli tarzda yetkazishdi.

✳️Shirin diydor va dildan suhbatlarda barcha faxriylarning tumanimizni har jabhadagi rivoji, yosh avlodning munosib tarbiyasidagi muhim hissasi yana bir bor eʼtirof etilib, barcha fidoiy xizmatlari uchun ularga minnatdorchiliklar bildirildi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab