HАMMАSI XАLQIMIZ UCНUN...

×

 2022-08-27 06:17:10    285

PDF yuklash
Chop etish


Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz!

Ravon yoʼl qurish, yoz va qish chillasida aynan yoʼllarda duch kelinadigan qiyinchiliklarga barham berish maqsadida shu kecha-kunduzda Rishton tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 
Аyniqsa, bu borada ichki yoʼllar ham bosqichma-bosqich taʼmirlanib, asfalt qilinayotgani, ichki koʼchalarda shagʼallashtirish ishlari olib borilayotgani aholiga katta qulayliklar yaratmoqda. 

????Xususan, hozirgi vaqtda “Miskin” MFY xududida obodonlashtirish ishlari tashkil qilinib mahalla xududidagi ichki koʼchalarda tosh, shagʼal yotqizish ishlari olib borilmoqda. "Miskin" MFY Oltin vodiy koʼchasida 300 mert masofadagi ichki yoʼllar shagʼallashtirildi.

????— Аziz va qutlugʼ bayram — Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bayramiga ham sanoqli kunlar qoldi. Mahallamizdagilar allaqachon bayram kayfiyatida. Tozalik, obodlikni oʼzlariga shior qilib olganlar koʼchalar, qabriston atroflari, xonadonlarni orasta qilib, daraxtlarga shakl beryaptilar. Taʼmirga mahtal koʼchalarning asfalьt qilinayotgani esa bayramga sovgʼa boʼldi, -deydi mahalla fuqarolar yigʼini raisi Madaminjon Dehqonov.

????Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab