Choʼngʼaraliklar uchun yana bir qulaylik
2022-08-25 15:53:38 297
Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz!
✍️Yurtning obodligi, xalqning farovonligi mahalla va qishloqlardan boshlanishi bor gap. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga izchil tatbiq etilayotgan “Mahallabay ishlash” tizimi bugun chekka-chekka hududlardagi aholi punktlarida barpo etilayotgan zamonaviy uy-joylar, taʼlim muassasalari, dam olish maskanlariyu qator xizmat koʼrsatish shoxobchalari yangicha qiyofasida oʼzining yorqin ifodasini topmoqda.
✍️Odamlarning hayotdan mamnunligi, shaharlardagidek qulaylik va imkoniyatlarga ega boʼlgan zamonaviy maskanlarda yashayotganidan shodonlik hissi zamirida bir haqiqat — qishloqlarni obod qilish yoʼlidagi islohotlar yotibdi, desak mubolagʼaga yoʼymang. Аna shunday hududlardan biri anklav hudud sanalgan — Choʼngʼara qishlogʼi boʼladi.
✍️Bugun yangicha qiyofa kasb etayotgan bu joylar kishida goʼyo endigina paydo boʼlgandek tasavvur uygʼotadi. Аmmo bu oʼsha — choʼngʼaraliklarning qadimiy va qadrdon qishlogʼi. Faqat endi u zamonaviy koʼrinishda, barcha qulaylik, shart-sharoitlarga ega maskanga aylanib bormoqda.
✍️Bugungi kunda anklav hudud sanalgan Choʼngʼara qishlogʼida “Zilol” Oilaviy shifokorlik punktida qurilish ishlari davom etmoqda. Ushbu tibbiyot muassasi choʼngʼaraliklar uchun yana bir qulayliklarni keltirishi tayin. Bugun ular islohotlardan mamnun ekanliklarini taʼkidlashdan charchashmayapti.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi