Tashabbusli byudjet: 30-umumiy oʼrta taʼlim maktabidagi 480 million soʼmlik ishlar bajarildi
2022-08-25 06:52:59 312
Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz!
✍️ Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida aholini byudjet mablagʼlarini taqsimlash jarayoniga jalb etish hamda aholi va mahalliy hokimiyat organlari oʼrtasida konstruktiv muloqot oʼrnatish va ochiq maydonchalarni tashkil etish orqali ularning fuqarolik jamiyati hayotidagi ishtirokini faollashtirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu fuqarolar manfaati va jamoatchilik nazoratining taʼsirchan mexanizmlari asosida byudjet mablagʼlaridan samarali foydalanish vositasidir.
✍️ Аholi Openbudget.uz platformasi orqali mahallasi, aholi punkti va tumanidagi u yoki bu ijtimoiy muammoni hal etish boʼyicha oʼz takliflarini faol bildirmoqda. Eng koʼp ovoz olgan tashabbuslar moliyalashtirilib, aholi muammolarining manzilli yechim topishiga xizmat qilmoqda. Muhimi aholi byudjet taqsimotida ishtirok etib, oʼzi yashayotgan hududdagi muammoni hal etish imkoniyati yaratildi.
✍️ “Ochiq byudjet” axborot portali orqali fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar asosida 2022 yil aprelь oyida Rishton tumani boʼyicha jami 5 ta umumiy oʼrta taʼlim maktablari tomonidan taqdim etilgan loyihalar gʼolib deb topilgan edi.
✍️ Xususan, Tashabbusli byudjet (open byudjet) dasturi boʼyicha 30-umumiy oʼrta taʼlim maktabiga 480 million soʼm mablagʼ ajratilib, taʼlim dargohidagi dereza romlar АKFА romlarga almashtirildi.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi