Rishtonda Ustozlar milliy forumi boʼlib oʼtdi

×

 2022-08-24 16:57:01    251

PDF yuklash
Chop etish


✍️ Bugun tumanimizdagi “Fayz” tantanalar majmuasida tumanimizning ilgʼor pedagoglari, fan mutaxassislari, taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida 2022-2023 oʼquv yili oldidan Ustozlar milliy forumi boʼlib oʼtdi.
✍️ Oʼtgan oʼquv yili davomida erishilgan natijalarni tahliliy sarhisob qilish va joriy yilda tuman xalq taʼlimi sohasi oldida turgan vazifalarni belgilab olish koʼzda tutilgan tadbirda tuman hokimi oʼrinbosarlar va sektor rahbarlari ishtirok etdilar.
✍️ Tadbirni ochib bergan tuman hokimining birinchi oʼrinbosari Аziz Mustafoqulov ustozlarning inson hayotidagi muhim oʼrni va roliga urgʼu berib, ilm oʼrgatish, yoshlarga taʼlim-tarbiya berish ulugʼ fazilat ekanini taʼkidladi.
✍️ Аziz Mustafoqulov oʼz soʼzida Davlatimiz rahbari boshchiliklarida taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ustozlarning jamiyatdagi oʼrni, qadr-qimmatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar mohiyatiga alohida eʼtibor qaratdi.
✍️ Tadbirda taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʼrnak koʼrsatgan, tumanimizda taʼlim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qoʼshayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan koʼplab taʼlim fidoyilari viloyat hokimining faxriy yorliqlari va tashakkurnomalari, sovgʼalari bilan taqdirlandilar.
✍️ Tumanimizning taniqli sanʼatkorlari ishtirokidagi kontsert dasturi tadbir ishtirokchilariga yanada koʼtarinkilik bagʼishladi.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab