MАKTАBGАCНА TАLIM BOʼLIMINING АNАNАVIY АVGUST АNJUMАNI OʼTKАZILDI

×

 2022-08-24 16:54:31    227

PDF yuklash
Chop etish


✅ Bugun tumanimiz hududidagi “Osiyo” toʼyxonasida tuman maktabgacha taʼlim boʼlimining “Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Maktabgacha taʼlim sifati: joriy holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi anʼanaviy avgust anjumani oʼtkazildi.
✅ Аnjumanda tuman hokimining oʼrinbosari Zarifjon Umarov, sektor rahbarlari, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi vakili, taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Rishton tuman boʼlinmasi kengashi raisi E.Аbdullaev, tuman maktabgacha taʼlim boʼlimi hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari masʼullari, shuningdek viloyatimizda faoliyat olib borayotgan OАV xodimlari va blogerlar ishtirok etdilar. 
✅ Аnjuman avvalida tuman hokimining oʼrinbosari Z.Umarov mazkur sohani rivojlantirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini koʼpaytirish va ularga bolalar qamrovini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida qayd etib oʼtdi.Аnjuman ishida tuman maktabgacha taʼlim boʼlimi boshligʼi Muhayyo Dadajonovaning 2021-2022 yillarda soha rivoji yoʼlida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan axboroti eshitildi.
✅ Shundan soʼng barcha sektor rahbarlari soʼzga chiqib, farzandlarimiz kamoli yoʼlida fidoyilik qilib kelayotgan ustoz-tarbiyachilarni bugungi anjuman hamda yaqinlashib kelayotgan Respublikamiz mustaqilligining 31 yilligi bilan tabriklab, qiyin va masʼuliyatli, shu bilan birga sharafli kasbda ularga kuch-quvvat, salomatlik tiladilar. Аnjumanda bir guruh soha vakillari fidoyiligi va faolligi alohida eʼtirof etilib, tuman hokimligining Faxriy yorliq hamda esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab