Mahalla obodligi – yurt obodligi

×

 2022-08-23 12:04:30    239

PDF yuklash
Chop etish


✍️Istiqlolimizning 31-yillik toʼyini munosib kutib olish maqsadida tumanimiz hududida keng koʼlamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Qoshqayron mahalla fuqarolar yigʼini raisi Dilmurodjon Hamroevning soʼzlariga koʼra, mahallada bayramga bagʼishlab keng qamrovli targʼibot ishlari amalga oshirilayotir.

✅ - Tumanimiz hokimi tomonidan olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida berilgan topshiriqlarini ijro etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgiladik va mahalla fuqarolar yigʼini qoshida tashkil etilgan “Ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati” komisiyasi aʼzolari ishtirokida mahalla hududidagi xonadonlar va ijtimoiy soha obʼektlari oʼrganildi. Mahallamizda keng qamrovli obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. - deydi mahalla raisi.

✍️ Mahalla raisining maʼlumotiga koʼra, aholi oʼrtasida istiqlol bayramini munosib kutib olish maqsadida “Mahallabay” tizimi orqali xonadonma-xonadon va uyma-uy yurish orqali targʼibot ishlari olib borilayotir. Targʼibot ishlari samarasi oʼlaroq, fuqarolar mahalla obodonchiligiga eʼtibor qaratishmoqda. Koʼchalarni tozalash, devorlarni oqlash, daraxtlarga shakl berish va koʼchalardagi ariqlarni tozalash ishlari olib borilmoqda.Ishlar samarasini kuchaytirish maqsadida mahalla raisi tashabbusi bilan hashar ham tashkil etildi.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab