Tashabbusli byudjet: ijtimoiy muammolarni joylarda hal etishdagi yangicha yondashuv
2022-08-22 06:04:01 357
Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz!
✍️ Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida aholini byudjet mablagʼlarini taqsimlash jarayoniga jalb etish hamda aholi va mahalliy hokimiyat organlari oʼrtasida konstruktiv muloqot oʼrnatish va ochiq maydonchalarni tashkil etish orqali ularning fuqarolik jamiyati hayotidagi ishtirokini faollashtirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu fuqarolar manfaati va jamoatchilik nazoratining taʼsirchan mexanizmlari asosida byudjet mablagʼlaridan samarali foydalanish vositasidir.
✍️ Аholi Openbudget.uz platformasi orqali mahallasi, aholi punkti va tumanidagi u yoki bu ijtimoiy muammoni hal etish boʼyicha oʼz takliflarini faol bildirmoqda. Eng koʼp ovoz olgan tashabbuslar moliyalashtirilib, aholi muammolarining manzilli yechim topishiga xizmat qilmoqda. Muhimi aholi byudjet taqsimotida ishtirok etib, oʼzi yashayotgan hududdagi muammoni hal etish imkoniyati yaratildi.
✍️ “Ochiq byudjet” axborot portali orqali fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar asosida 2022 yil aprelь oyida Rishton tumani boʼyicha jami 5 ta umumiy oʼrta taʼlim maktablari tomonidan taqdim etilgan loyihalar gʼolib deb topilgan edi.
✍️ Xususan, Tashabbusli byudjet (open byudjet) dasturi boʼyicha 2-IDUMga 980 mln. soʼm mablagʼ ajratilib, 785 mln soʼmlik yotoqxona binosini mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda hamda 175 mln. soʼmlik mebel jihozlari keltirildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi