Rasmiy munosabat

×

 2022-08-18 18:21:18    380

PDF yuklash
Chop etish


"Yutub" ijtimoiy tarmogʼida gazlashtirish uchun "Ochiq byudjet"dan 1 mlrd. 80 mln. yutgan qishloqqa gaz kelmasligi aytildi deb nomlangan videomaterial eʼlon qilindi. Ushbu materialda keltirilgan holatlar boʼyicha “Rishtontumangaz” boʼlimi quyidagilarni maʼlum qiladi. Rishton tumani Bujay va Yangi Bujay MFYda yashovchi fuqarolar “Tashabbusli byudjet” jarayonida ushbu mahallalarni gazlashtirish uchun 1 mlrd. 80 mln. mablagʼni yutib olishgan. Ushbu holat oʼrganish davomida Bujay va Yangi Bujay MFYda yashovchi aholi xonadonlari 2013-2014 yillargacha tabiiy gaz bilan taʼminlanib kelingan. Mavjud resurslarning yetishmovchiligi va tabiiy gaz taʼminotidagi qoniqarsizliklar sababli Fargʼona viloyati hokimining 2014-yil 7 iyuldagi 163-sonli qarorini taʼminlash maqsadida, Rishton tumani hokimligi tomonidan 2014 yil 10 iyuldagi 754-sonli qarori va gaz taʼminoti qoniqarsiz hududlami suyultirilgan gaz taʼminotiga moslashtirish reja-jadvali tasdiqlangan. Hozirgi kunda Yangi Bujay va Bujay MFYlari hududidagi 1290 ta aholi xonadonlar suyultirilgan gazga moslashtirilib tuman hokimligi va “Rishtontumangaz” boʼlimi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan doimiy ravishda suyultirilgan gaz bilan taʼminlanib kelinmoqda. Rishton tumani Bujay va Yangi Bujay MFYda yashovchi fuqarolar “Tashabbusli byudjet” jarayonida ushbu mahallalarni gazlashtirish uchun 1 mlrd. 80 mln. mablagʼni yutib olishgan. Bujay va Yangi Bujay MFY fuqarolari Tashabbusli byudjet” loyihasida faol ishtirok etib, gʼolib boʼlishganiga qaramay, ushbu hududlar tabiiy gaz taʼminotidagi qoniqarsizliklar sababli loyihani amalga oshirish “Hududgaz Fargʼona” taʼminoti tomonidan rad etib kelinmoqda. Bu borada bir necha marta tuman hokimligi, sektor rahbari, moliya boʼlimi, viloyat deputati va “Rishtontumangaz” boʼlimi xodimlari tomonidan fuqarolarga tushuntirishlar olib borildi. Ushbu hududga tabbiy gaz yetkazib berilishi imkonsiz ekanligi tufayli ularga “Tashabbusli byujet” loyihasida yutib olingan mablagʼni mahalladagi boshqa obodonlashtirish ishlariga (asfalьtlash, elektr taʼminotini yaxshilash) safrlanish maqsadga muvofiq ekanligi aytib oʼtildi. 

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab