Аmirobod MFY: "Obod qishloq" dasturi – farovonlik asosi

×

 2022-08-17 16:05:41    364

PDF yuklash
Chop etish


Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz!

✍️ Soʼnggi yillarda tuman markazlarida obodonlashtirish va markaziy koʼchalarning meʼmoriy qiyofasini yangilash boʼyicha samarali ishlar amalga oshirildi. Biroq, sir emaski, mamlakatimizning salmoqli qismini tashkil etadigan qishloq va mahallalarda aholini qiynab kelayotgan muammolar, oʼz yechimini kutib turgan masalalar yillar davomida toʼplanib qolgan edi.Davlatimiz rahbarining “Obod qishloq” dasturi toʼgʼrisida"gi Farmoni va “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori oldimizda koʼndalang turgan ana shunday masalalarga yechim boʼldi.
✍️ Rishton tumanida olis va tabiiy iqlim sharoiti ogʼir hududlardagi qishloqlarda aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasini sezilarli darajada ijobiy tomonga oʼzgartirish, qishloqlarimiz qiyofasini zamonaviy mezonlar asosida qayta qurish, qishloqlarda istiqomat qiluvchi aholi, ayniqsa, yoshlar uchun muqim ish oʼrinlarini yaratishga qaratilgan “Obod qishloq” Dasturi qishloq aholisi uchun koʼrsatilayotgan eʼtibor va gʼamxoʼrlikning yorqin namunasi boʼldi.
– Dasturga asosan, 2022 yilda tumanimizdagi "Аmirobod" mahalla fuqarolar yigʼinlarida bunyodkorlik ishlarini olib borish rejalashtirilgan, – deydi tuman hokimi oʼrinbosari Nozimxoʼja Oripov. – Xususan, ijtimoiy soha obʼektlarida bir qator amaliy ishlarni olib borishni maqsad qilganmiz.
-Doimo tevarak-atrofimizni obodonlashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratmogʼimiz darkor, deydi tuman IIB boshligʼi X. Tashpoʼlatov. - Xonadonimiz oldi koʼchalarga archalar, gullar ekib, boshqalarga ibrat, oʼrnak boʼlishga intilishimiz lozim. 
✍️ Bugun tumani hokimi oʼrinbosari N. Oripov, tuman IIB boshligʼi X. Tashpoʼlatov boshchiligida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari tumandagi "Аmirobod" mahallasida boʼlib, obodonlashtirish ishlari bilan tanishishdi va mahallalarda xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar bilan uchrashib, har birimiz obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashishimiz, bu borada ishlarni jadallik bilan olib borishimiz lozimligini va har bir fuqaro oʼz xonadoniga sabzavot mahsulotlarini ekishni, koʼchat qurish va koʼcha madaniyatiga eʼtibor qaratishi zarurligi borasida gapirib oʼtishdi.Bugun sektor rahbarlarining mahallama-mahalla yurib, obodonlashtirish ishlarida yanada faol boʼlishga chorlashlari bu bizning chiroyli yashashimiz uchun qilinayotgan eʼtibor deb bilishimiz kerak.
✍️ "Аmirobod" mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi  33- umumtaʼlim maktabini taʼmirlash, QVP binosini taʼmirlash, MFY hududiga 10 km ichimlik suvi tarmoqlarini tortish, 1 km yoʼlni asfaltlashtirish va 2 km yoʼlni shagʼallashtirish, 102 ta tayanch simyogʼochlarini qayta taʼmirlash va 2 ta TPni yangilash va modernitsaziya qilish va 50 dona koʼcha chiroqlari oʼtkazish, 3 km aloqa tarmoqlarini tortish, 0.5 kmga piyodalar yoʼlakchasi oʼtqazish va hududni infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgann ishlar rejalashtirilgan. 
✍️ Bugungi kunda "Obod qishloq" qishloq dasturi doirasida Rishton tumani Аmirobod MFY hududida qurilishi rejalashtirilgan 1 ta bekat va ushbu hududdagi QVP binosi qurilishi yakuniga yetkazilgan boʼlsa, qolgan obʼektlarda ish jadallik bilan davom etmoqda. 
✍️ Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan mazkur dastur hududlarda aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirish, xalqni rozi qilish, yurtimizni yanada taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.
Rishton tumani hokimligi axborot xizmati


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab