Rishtonda yana bir maktab koʼrkam qiyofa kasb etmoqda

×

 2022-08-15 06:40:12    365

PDF yuklash
Chop etish


Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz

Joriy yilda Rishton tumanidagi "Obod qishloq" dasturiga kiritilgan "Oq yer" mahallasidagi 15-umumtaʼlim maktabida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari Fargʼona viloyati hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati injinering kompaniyasi "Iqboljon Gʼofforov" xususiy korxonasi ishchi xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda. 
Qurilish uchun 2.579.855.000 soʼm ajratilgan. Bugungi kunda maktabdagi taʼmirlash ishlarining 75 foizi bajarildi. Аjratilgan milliardlab mablagʼlarning oʼz oʼrnida sarf etilishi, qurilish ishlarining sifatli amalga oshirilishi, aniqlangan kamchiliklarni oʼz vaqtida bartaraf etish boʼyicha tuman hokimi va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida doimiy nazorat olib borilayotganini taʼkidlash joiz. 
Negaki, ushbu qurilish ishlarining sifatli amalga oshirilishi, taʼlim muassasasida muammolarsiz kuz-qish mavsumlarini oʼtkazish, binoning uzoq yillar davomida kelajak avlodga xizmat qilishi bevosita ana shunga bogʼliq. Taʼkidlash joizki, maktabdagi taʼmirlash ishlari qisqa fursatlarda yakunlanadi. 

Rishton tumani hokimligi axborot xizmati


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab