Rishtonda mustaqillik bayrami arafasida bank ofisi foydalanishga topshirildi

×

 2022-08-15 06:29:10    419

PDF yuklash
Chop etish


Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz

 “Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida nishonlanayotgan Respublikamiz mustaqilligining 31 yilligi bayrami arafasida viloyatimiz shahar va tumanlarida oʼnlab yangi ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirilmoqda.Xususan, “Markaz” MFYda mijozlarga xizmat koʼrsatish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida “Universalbank” tomonidan tashkil etilayotgan “Bank xizmatlari ofis”larining navbatdagisi tumanimiz fuqarolariga oʼz eshiklarini ochdi.Zamonaviy ofis isteʼmolchilarga keng koʼlamli moliyaviy va konsalting xizmatlarini koʼrsatish barobarida, hisob raqam va plastik kartalar ochish, kredit olish uchun ariza berish, omonatlarni rasmiylashtirish, barcha turdagi toʼlovlar hamda xalqaro pul oʼtkazmalarini bajarishi bilan ham ahamiyatlidir.Shuningdek, tumanda istiqomat qiluvchi 210 mingdan ziyod fuqarolar 24/7 rejimida ishlovchi bankomat va infokiosklardan ham kunning istalgan vaqtida erkin foydalanishlari mumkin. Unda milliy plastik kartalardagi mablagʼlarni naqdlashtirish, kommunal, uyali aloqa kabi qator toʼlovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 106 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab