TUMАN HOKIMINING TАBRIGI
2022-08-13 09:47:50 345
Oʼzbekistonda avgust oyining ikkinchi yakshanbasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan Rishton tumani hokimi qurilish sohasi xodimlariga tabrik yoʼlladi.
Muhtaram doʼstlar!Аvvalo, qurilish sohasida fidokorona mehnat qilayotgan siz, azizlarni kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga oʼzimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.Jonajon Oʼzbekistonimizning yangi qiyofasini barpo etish, vatanimizning yuksak taraqqiyotini taʼminlash, hayotimizni yanada obod va farovon etishda sizlar singari mohir quruvchi va muhandislar, usta va meʼmorlar, loyihachi va pudratchi tashkilotlar vakillari – ming-minglab bunyodkor insonlarning oliyjanob mehnatini hech narsa bilan oʼlchab, baholab boʼlmaydi.Bugungi qutlugʼ ayyom – Qurilish sohasi xodimlari kuni diyorimizda keng nishonlanayotgani ham xalqimiz va davlatimizning sizlarga boʼlgan ana shunday samimiy hurmat-ehtiromidan dalolat beradi.
Аziz va muhtaram quruvchilar!Barchangizni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklar ekanman, ezgu faoliyatingiz va shaxsiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.Xonadonlaringizga doimo tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka yor boʼlsin!Qoʼlingiz aslo dard koʼrmasin, hamisha sogʼ-salomat boʼling!
Sufhonjon Soliev,
Rishton tumani hokimi
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi