Аvgust – hosilga hosil qoʼshiladigan palla

×

 2022-08-12 06:40:27    270

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida klaster korxonalari va ularga aʼzo fermer xoʼjaliklari tomonidan joriy yilda 5 ming 950 gektar maydonda gʼoʼza parvarishlanmoqda.
Bu yil bahorning nisbatan seryogʼin kelgani va iyulь oyidagi anomal issiq gʼoʼza parvarishida fermerlar uchun bir muncha qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Аslida hech bir mavsum oson kechmaydi, har yilning oʼziga yarasha tabiat injiqliklari, suv va boshqa masalalarda muammolar yuzaga kelishi mumkin. 
Shunga qaramay agrotexnika tadbirlarining oʼz vaqtida, optimal muddatlarda va sifatli oʼtkazilishi natijasida koʼzlangan hosil yetishtirilmoqda. Аyniqsa, hosilga hosil qoʼshiladigan avgust oyida – zarbdor oʼttiz kunlik davomida barcha paxta maydonlarida gʼoʼzani sugʼorish va ishlov berish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Rishton tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari fermer xoʼjaliklari paxta dalalarida boʼlib, gʼoʼza parvarishini koʼzdan kechirishdi. 
Аyni paytda gʼoʼza parvarishlanayotgan yerlarni begona oʼtdan tozalash, nihol oʼsuvchi uchlarini chilpish, biologik ishlov berish davom ettirilmoqda. Kuzatuvlari davomida tuman rahbari, gʼoʼza parvarishlanayotgan yerlarni begona oʼtdan tozalash, nihol oʼsuvchi uchlarini chilpish, biologik ishlov berish davom ettirilayotgan ishlarni koʼrdi. 
 "Hasan Hamdam yeri " fermer xoʼjaliklari misolidagi oʼrganishlar natijasi oʼlaroq, barcha agrotexnik ishlarni risoladagidek yoʼlga qoʼyish, suv tanqisligini inobatga olib, omilkorlik bilan ish yuritish, pirovardida har gektardan barakali hosil yetishtirishga doir tavsiya va topshiriqlar berildi. Tuman hokimi hosilga hosil qoʼshiladigan ayni yoz chillasida koʼzlangan har bir agrotexnik tadbirni kechiktirmasdan sifatli bajarish barakali xirmon koʼtarish garovi ekanligini taʼkidlab, fermer xoʼjaliklari ishiga rivoj tiladi.

Rishton tumani hokimligi axborot xizmati


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 116 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab