Sport — sogʼlom hayot garovi

×

 2022-08-11 16:05:39    547

PDF yuklash
Chop etish


Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz

Mohiyatan, sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu bois, Oʼzbekistonda sport bilan shugʼullanish ommaviy tus olmoqda. Sogʼlom turmush tarziga amal qilayotgan yurtdoshlarimiz soni kun sayin koʼpayib borayotgani ham fikrimiz dalili.
Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni esa bu boradagi harakatlarimizga yangi ruh bagʼishladi. Tumanimizda erta tongdan xiyobonu koʼchalarda yugurib, chiniqayotgan odamlarni koʼp uchratyapmiz. Bugun maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari oʼrtasida ham sport bilan muntazam shugʼullanish avj olgan. Turli sport musobaqalari oʼtkazish ommalashmoqda. 
Taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi yoʼnalishi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotgani keyingi yillarda ommaviy sport tadbirlarini oʼtkazishga keng yoʼl ochmoqda.
Xususan, Rishton tumanidagi 12-DMTTda "Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida sport festivali oʼtkazilib, unda guruh tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilari ishtirok etishdi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 116 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab