Muammo, murojaat va yechim – qabullar murojaatlarning manzilli hal etilishiga xizmat qiladi

×

 2022-08-11 14:57:39    218

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot inson qadri uchun xizmat qilmogʼi lozim va bu tamoyil bugungi kunda oliy qadriyat darajasiga koʼtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʼyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. 
Joylarda oʼtayotgan qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Rishton tumanida ham tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan belgilangan rejaga asosan qabullar oʼtkazib kelinmoqda.
Bugun xalq qabulxonasida sektor rahbarlarining navbatdagi qabuli o`tkazildi. 

Qabulda tuman hokimi, sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi mutaxassislari, tuman hokimining oʼrinbosarlari va mahallalardagi yordamchilari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahallalardan kelgan 50 ga yaqin fuqarolari ishtirok etishdi.
Qabulda fuqarolarning murojaatlari masʼullar ishtirokida tinglanib, shu joyning oʼzida koʼrib chiqildi. Qabul davomida fuqarolarning uy-joy rasmiylashtiruvi, elektr energiyasi taʼminoti, ichimlik suvi, yoʼl va boshqa masalalardagi 35 ta murojaati qabul qilindi.

 Murojaatlarning 12 tasi shu joyning oʼzida ijobiy hal etib berildi.Kelib tushgan murojaatlarning 18 tasiga tuman hokimi va masʼullar tomonidan tushuntirish berilib, koʼtarilgan masalalar kelgusida amalga oshiriladigan dasturlar doirasida hal etilishi bildirildi. Ijrosi muddat va masʼullar tomonidan qoʼshimcha oʼrganish talab qiladigan 5 ta murojaatga muddatlar belgilanib, masʼullarga ijro uchun yoʼnaltirildi hamda ijrosi sektorlar shtabi tomonidan nazoratga olindi.
Аlbatta bu kabi sayyor qabullarda aholi murojaatlarini joyida oʼrganish va hal etish orqali mavjud muammolarning bartaraf etilishi, aholining roziligini taʼminlaydi.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab