«Аyollar daftari»: Daromad manbaiga ega boʼlmoqda
2022-08-11 08:42:28 312
Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz!
Bugungi kunda Rishton tumani oila va xotin-qizlar boʼlimi tomonidan "Аyollar daftari" roʼyxatiga olingan fuqarolarni bandligini taʼminlash va daromad manbaiga ega boʼlishlari uchun koʼplab amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ishsiz xotin-qizlarga subsidiya asosida berilgan tikuv dastgohlaridan samarali foydalanilganligi bois oilaning kunlik oʼz daromadi yuzaga kelmoqda.
Hozirda Dasht Tegirmon MFY da "Аyollar daftari"ning birinchi toifasiga kiritilgan Umarova Dildoraxonga subsidiya asosida tikuv mashinasi berilgan edi.
Hozirda fuqaro oʼzining kasbini davom ettirib, oʼz yoniga vaqtincha ishsiz boʼlgan yoshlarni jalb qilib, ustoz shogird anʼanasini davom ettirmoqda.
Аlbatta bugungi kunda har bir sohada ustoz-shogird anʼanalari mavjud boʼlib, bizning tumanda hunarmandchilikning deyarli barcha soxalarida ilgʼorlik namoyon boʼlmoqda.
Tumanimizda ustoz-shogird anʼanalarini davom ettirayotgan xotin-qizlarni hamisha qoʼllab-quvvatlanadi va eʼzozlanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi