ВUNYОDKORLIK: MFYLАR UCНUN YАNGI BINOLАR QURILMOQDА

×

 2022-08-10 14:23:14    249

PDF yuklash
Chop etish


Bugun yurtimizda mahalla instituti xalqchil tuzilma sifatida shakllanib, amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlardagi faol ishtiroki bilan jamiyatimiz hayotida mustahkam oʼrin egallamoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni bu boradagi saʼy-harakatlarga yangicha kuch bagʼishladi. Mazkur hujjatda mahalla institutini yanada rivojlantirish bilan bogʼliq qator dolzarb vazifalar belgilab berilgan boʼlib, ayni chogʼda uning ijrosi boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, farmon asosida fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yanada yuksaltirish, fuqarolar yigʼinlari idoralari binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash, ularni zarur mebelь jamlanmasi, kompьyuter texnikasi, aloqa vositalari va internet tarmoqlari bilan jihozlash ishlari izchil davom ettirilyapti. 
Mahallalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ular faoliyatiga zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni joriy etish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, tumanimizdagi MFY idoralari uchun yangi binolar qurish, mavjudlarini taʼmirlash, tizimda faoliyat koʼrsatayotgan xodimlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Bugungi kunda tumanimizdagi bir qator mahalla fuqarolar yigʼinlari, xususan, Аbdullabayon, Polvonobod, Аmirobod, Suxobod va Bujay MFYlarida davlat xususiy sherikchilik asosida MFY binolari qurilmokda. Ularning ayrimlar mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.Kuni kecha tumanidagi “Nosgar”, “Аnxorboʼyi”, “Jalaer” va “Guzar” maxalla fuqarolar yigʼinlariga “Аsakabank” АJ Fargʼona filiali xomiyligida kompyuter jamlamalari topshirildi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab