Tumanimizdagi 5 ta mahallada yengil konstruktsiyali tibbiyot punktlari tashkil etilmoqda

×

 2022-08-10 11:02:53    232

PDF yuklash
Chop etish


Keyingi yillarda barcha sohalarda boʼlgani kabi sogʼliqni saqlash tizimida ham amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida aholi salomatligi yoʼlida tub oʼzgarishlar boʼlmoqda. Аyniqsa, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga tibbiy xizmat koʼrsatish sifati yildan yilga yaxshilanib borayotir. 

Xususan, olis va chekka hududlar aholisiga birlamchi tibbiy yordamning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Rishton tumanining "Dasht Tegirmon", "Oq-tomir", "Yangi avlod", "Soʼxobod" mahalla fuqarolar yigʼinlarida shuningdek, "Oʼrikzor" mahalla tibbiy punktlarini tashkil etish boʼyicha manzilli ishlar davom etmoqda. 
Ushbu hududlarga bosqichma-bosqich mahalla tibbiy punktlari uchun maxsus konteynerlar olib kelinib, aholi uchun foydalanishga topshirilishi belgilangan. 

Endilikda tibbiy uskunalar, internet, zamonaviy aloqa vositalari, dori-darmonlar bilan jihozlangan tibbiy punktlar qishloq aholisi uchun xizmat koʼrsatadi.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< Dekabr 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab