BUNYОDKORLIK: MАHАLLАLАR YOʼLLАRI АSFАLT QILINMOQDА

×

 2022-08-09 14:21:32    378

PDF yuklash
Chop etish


Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz!

 ???? Bugun yurtimizning qay bir hududiga bormang ulkan bunyodkorlik ishlariga guvoh boʼlasiz. Аyniqsa, yoʼlsozlarimiz tomonidan mahallalardagi ichki yoʼllar tez va sifatli qilib taʼmirlanmoqda. Maʼlumki, Rishton tumanining olis va chekka hududlarida ham obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. 


 ????Toʼraobod MFY hududidagi oʼqituvchilar koʼchasida 2,5 km yoʼlni asfaltlash ishlari sifatli qilib yakunlandi. Ushbu koʼcha asfalьtlashtirish taklifi «Ochiq byudjet» axborot portalidagi «Mening yoʼlim» loyihasida gʼolib deb topilgan edi. 800 millin soʼmga yaqin mablagʼ evaziga keng va ravon yoʼllar barpo etildi. Tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida ushbu mahalla hududida yashovchi aholi yana bir qulaylikka ega boʼldi.

 ????Shuningdek, Oq-tomir mahalla fuqarolar yigʼinida ham 850 mert asfaltlash ishlari olib borilib, fuqarolarga yengillik yaratildi.- Soʼnggi yillarda olib borilayotgan islohotlar natijasida tumandagi eng chekka hududlar ham obod goʼshaga aylanmoqda, deydi Oq -tomir MFY raisi Аdhamjon Oripov. - Yomgʼirli kunlarda ushbu koʼchada yurish biroz noqulayliklar tugʼdirar edi. Endi esa yoʼllarimiz ravon boʼldi. Inson qadri ulugʼlangan yurtda har bir fuqaro uchun qulayliklar yaratilmoqda. Buning uchun barcha rahbarlarga minnatdorchilik bildirib oʼtamiz. 

Rishton tumani hokimligi axborot xizmati.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab