Тuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʼtkazildi
2022-08-08 14:47:28 355
Sessiyada ishida sektor rahbarlari, tuman hokimining tegishli oʼrinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishini tuman hokimi Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi S. Soliev olib bordi.
Sessiya kun tartibiga ikkita masala kiritildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentini 2022 yil 18 iyulь kuni oʼtkazgan videoselektorida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va bozorlarda narx-navolarni barqarorligini taʼminlash borasida bergan topshiriqlarini tumandagi ijrosi yuzasidan iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari B.Odilovning axboroti.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qarorining 2-bandi talablari asosida tumanda zaxiraga olinishi rejalashtirilayotgan qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer maydonlarida dehqon xoʼjaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish boʼyicha tayyorlangan loyishani tasdiqlash yuzasidan tuman hokimining qishloq va suv xujaligi masalalari boʼyicha oʼrinbosari N.Mahmudovning axboroti.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbar va masʼullarning hisobotlari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi